Shaxrisabz shahrida yashovchi, 2006 yilda tug`ilgan qiz M.M. Bolalar ombudsmaniga bu borada murojaat kelib qildi.
Bugun, 16 yanvar kuni Bolalar ombudsmani qizning o`zini shaxsan qabul qilib, uning murojaati mazmuni bilan tanishdi, deb xabar beradi Bolalar ombudsmani matbuot xizmati.
Aniqlanishicha, M.M. hozirda universitetning 1-kursida o`qimoqda va o`qishini davom ettirish niyatida.
Bir necha yildan buyon tanishi bo`lgan O.B. (yigit) unga turmushga chiqishiga undab, turli shaklda bosim o`tkazib kelmoqda. O.B. ning va M.M. ning ota-onalari o`zaro kelishib, qizning roziligisiz unashtiruv marosimini o`tkazgan bo`lib, hozirda O.B. tomonidan unga turmushga chiqishga undab, ruhiy bosim o`tkazilmoqda.
Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida kuzatuvga olinib, tezkor ravishda prokuratura va ichki ishlar organlari tomonidan o`rganildi.
Hozirda O.B. va qizning ota-onasi ayolni turmushga chiqishga majburlash harakati jinoiy javobgarlikka asos bo`lishi haqida ogohlantirilib, buning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.
Shuningdek, M.M. ga ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi taqdim etilib, uning xavfsizligini ta`minlash bo`yicha tegishli choralar ko`rildi.
Eslatib o`tamiz, nikoh yoshi to`g`risidagi qonunchilikni buzish (Ma`muriy javobgarik to`g`risidagi Kodeksi 47 (3) moddasi), ayolni turmushga chiqishga majburlash (JK 136-moddasi) uchun javobgarlik ko`zda tutilgan.






