1

Samvel Babayan: Ertangi o`yin uchun aniq rejamiz bor

Sport 14.11.2016, 16:46
Teglar: Futbol, Sport, O`zbekiston, JCh-2018
Samvel Babayan: Ertangi o`yin uchun aniq rejamiz bor

O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi Janubiy Koreyaga qarshi safardagi o`yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

Murabbiyga O`zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev hamrohlik qildi.

Koreyalik jurnalistlar dastlab Samvel Babayandan 2015 yilda bo`lib o`tgan Osiyo Kubogida Janubiy Koreyaga qarshi o`ynagan O`zbekiston terma jamoasidan hozirgisi nima bilan farq qilishi haqida so`radi.

“Osiyo Kubogida qatnashgan jamoa va hozir men boshqarayotgan jamoani bir-biriga qiyoslash mening ishim emas. Buning uchun jurnalistlar, boshqa mutaxassislar bor. Bu ish men tomonimdan qilinishi to`g`ri bo`lmaydi. Faqat shuni aytish mumkinki, o`sha turnirdagi jamoadan hozirda tarkibimizda 8 futbolchi bor. Bugungi kunda milliy terma jamoaga ko`pgina yosh futbolchilarni jalb etyapmiz. Ammo “U jamoa bunday o`ynardi, biz bunaqa o`ynaymiz”, deb muhokama qilmoqchi emasman”, - deya javob berdi.

Raqib terma jamoasi safidagi eng xavfli futbolchilar haqida so`ralganida esa Babayan quyidagicha javob berdi.

“Janubiy Koreya terma jamoasida iste`dodli futbolchilar juda ko`p. Kuchli chempionatlarda faoliyat yuritadigan legionerlar ham, mahalliy chempionatda to`p suradigan yulduzlar ham bor. Hozir omma oldida kimnidir alohida ko`rsatmagan bo`lardim. Asosiysi, biz o`zimiz uchun raqib safidagi eng xavfli futbolchilarni aniqlab oldik va ularga qarshi qanday o`ynash kerakligini bilamiz”.

Erataga Rossiyadagi mundial yo`lidagi eng muhim o`yinlardan biri bo`ladi. O`yinning muhimlik darajasini hisobga olib, unga alohida tayyorgarlik ko`rildimi, deya so`ralganida, Samvel Babayan O`zbekiston terma jamoasi uchun har bir o`yiin muhimligini, raqib Suriyami, Koreyami, bundan qat`iy nazar navbatdagi har bir o`yinga eng muhim sifatida yondoshilishi va shunga yarasha tayyorlanilishini ta`kidladi.

Igor Sergeevdan O`zbekiston chempionatida doimiy ravishda sermahsul o`yin namoyish etgani, ammo Xitoy klubiga o`tgach, bu o`rsatkichi ohsagani haqida so`ralganida hujumchi shunday javob berdi:

“Bu mening birinchi bor xorij klubida o`zimni sinab ko`rishim edi. U erda uzoq o`ynamadim, yarim yilgina bo`ldi. Yangi chempionatga, jamoaga moslashishga vaqt ketdi. Etarlicha o`yin amaliyotiga ham ega bo`lmadim, deb o`ylayman. Sabablar ko`p. Shunday bo`lsada, gollar urishga doim harakat qilaman. So`nggi vaqtlarda bu borada ahvol ancha yaxshilandi. Umid qilamanki, shunday davom etadi. Terma jamoaga to`xtaladigan bo`lsam, unga chaqiruv oldingmi, maydonda boringni berib harakat qilishing, unga maksimal yordam berishga intilishing shart”.

Sharhlar

O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1