Avvalroq xabar berganimizdek, 21 yanvar kuni Afg`onistonda qulab tushgan Rossiyaning Falcon-10 biznes-jetida kimlar bo`lgani haqida ma`lumot berdi. Bu haqda “REN TV” xabar berdi.
Afg`oniston tog`larida halokatga uchragan samolyot yo`lovchilari rossiyalik er-xotin Anna va Anatoliy (tadbirkor) Evsyukovlar bo`lgan. Ular 15 dekabr kuni Tailandga ta`tilga kelgan. O`g`li Vitaliy ular bilan birga bo`lgan. Bir necha kundan keyin Anna kasallikka chalingan. 17 dekabr kuni u Pattaya shahridagi kasalxonaga yotqizilgan. Tailandlik shifokorlar noma`lum infeksiya tashxisini qo`yib, ayolni sun`iy nafas olish apparatiga ulagan.
Ko`p o`tmay, Tailand shifokorlari Anatoliy Evsyukovga xotinini Rossiyaga olib borishni tavsiya qilgan. Oila shaxsiy reysni bron qilgan. Ehtimol, sug`urta kompaniyasi orqali. Klinika Annani olib chiqishga ruxsat berganida, Anatoliy va uning rafiqasi bo`lgan samolyot 20 yanvar kuni Pattayadan uchib ketgan. Ular Hindistonda samolyotga yonilg`i quydirish uchun to`xtashgan. Keyinchalik Toshkentda yonilg`i quydirish va Moskvaga ketish rejalashtirilgan.
Biroq Afg`oniston havo hududida uchuvchilar dvigatel va yonilg`i bilan bog`liq muammolar haqida xabar bergan. Oqibatda samolyot radarlardan g`oyib bo`lgan va Badahshon yaqinidagi tog`larga qulagan.






