Toshkent shahridagi “Jar” stadionida ayollar o`rtasidagi O`zbekiston Kubogi-2016ning final uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda “Sevinch” PFK matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda “Sevinch” jamoasi Bekobodning “Metallurg W” jamoasi bilan bahs olib bordi. Finalda 0:2 hisobida jamoamiz g`alaba qozonib, XV O`zbekiston Kubogini qo`lga kiritdi.
Uchrashuvdagi gollarni Feruza Turdiboeva, Zebo Jo`raevalar kiritdi. Shunday qilib, “Sevinch” o`z tarixida to`qqiz karra O`zbekiston Kubogi sohibi bo`ldi.
XV O`ZBEKISTON KUBOGI. FINAL
“Metallurg W” (Bekobod) - ”Sevinch” (Qarshi) 0:2
14.11.2016. ”JAR” stadioni. Soat 14:00da
Bosh hakam: Anna Sidorova (Toshkent)
Gollar: Feruza Turdiboeva, 2′-0:1, Zebo Jo`raeva, 14′-0:2
“Sevinch” jamoasi bu yilgi ayollar o`rtasida o`tkazilgan mini futbol bo`yicha ham, ktta futbol bo`yicha ham hamma sovrinlarga egalik qildi.





