AsosiyJamiyat

Samarqanddan Xorazmga olib kelingan sement solingan qoplar ichidan qariyb 10 kg. “opiy” olindi (video)

'Samarqanddan Xorazmga olib kelingan sement solingan qoplar ichidan qariyb 10 kg. “opiy” olindi (video)'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona organlari xodimlarini jalb qilgan holda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahridan Urganch shahriga sement mahsulotlari olib kelgan yuk avtomashinasi to`xtatilib, ko`zdan kechirildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Natijada, avtomashinada sement mahsulotlari solingan qoplar ichiga yashirib qo`yilgan 10 dona o`ramda 9 kg. 754 gr. “opiy” moddasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ma`lum bo`lishicha, Urgut tumanida yashovchi, 1971 y.t., muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bog`liq jinoyatlari uchun 3 marotaba sudlangan shaxs yuk avtomashinasini buyurtma qilib, sement mahsulotlari niqobi ostida, ushbu ajal og`usini Xorazm viloyatiga sotish uchun olib kelgan.

Ushbu narkotik moddalar Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo`li bilan keltirilgan. Hozirda DXX Xorazm viloyati bo`yicha boshqarmasi Tergov bo`limi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

 

    Boshqa yangiliklar