Qozog`istonning Olmaota shahrida 28 yanvar kuni uchta zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda Orda.kz xabar berdi.
Har uchala holatda ham zilzila episentrlari Xitoyda joylashgan. Seysmologlarga ko`ra, Olmaotaga faqat aftershoklar etib kelgan. Birinchi zilzila Ostona vaqti bilan soat 13:47 da, ikkinchisi 14:01 da, uchinchisi 15:52 da sodir bo`lgan.
Zilzila epimarkazlari Olmaotadan 258 km, 285 km va 337 km janubi-sharqda Xitoy hududida joylashgan. Er silkinishlari 5 km, 10 km va 20 km chuqurlikda sodir bo`lgan.
Qozog`iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi avvalroq 23 yanvardan buyon shaharda 1900 ta zilzila sodir bo`lganini, bu dushanbadan seshanbaga o`tar kechasi Olmaota aholisini qo`rqitgan zilzilalardan keyingi silkinishlar ekanini ma`lum qilgandi. Mutaxassislar seysmik faollik asta-sekin to`xtab, normal holatga qaytishini aytmoqda.






