AsosiyJamiyat

Test sinovi topshiriladigan fanlar bo`yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari ma`lum qilindi

'Test sinovi topshiriladigan fanlar bo`yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari ma`lum qilindi'ning rasmi

Mezonlar o`tgan yilgi qabuldek qoldirildi. Maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligining tegishli buyrug`i bilan respublika oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Unga ko`ra:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

  • Ona tili (o`zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
  • Matematika x 10 ta;
  • O`zbekiston tarixi x 10 ta;
  • 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta`lim yo`nalishiga mos bo`lgan 2 ta fan:

  • 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
  • 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
  • 60 ta savoldan jami 156,0 ball.

Umumiy 2024/2025-o`quv yili qabulida abiturientlarga 5 ta fan bo`yicha jami 90 ta test topshirig`i beriladi. Bunda to`plash mumkin bo`lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar