AsosiyJamiyat

2 ta hududda kredit mablag`larini o`zlashtirgan rahbarlar qo`lga tushdi

'2 ta hududda kredit mablag`larini o`zlashtirgan rahbarlar qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muzrabot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.D.” MChJ rahbari T.F. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 400 mln so`m kredit garov ta`minotiga fuqaro X.X.ga tegishli binoni 520 mln so`mga baholab taqdim etib, keyinchalik bank filialining soxta xatiga asosan ushbu binoni taqiqdan chiqarishga erishib, kredit mablag`ini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Uzun tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “J.L.” xususiy korxonasi rahbari Sh.A. va boshqalar 7 nafar fuqaro nomiga soxta hujjatlar orqali 211,8 mln so`m imtiyozli kredit rasmiylashtirib, ushbu mablag`larni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar