Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Yakkabog` tuman bo`limi inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri olib borildi.
Reyd davomida Yakkabog` tumani "To`qboy" MFY hududida hokim yordamchisi P.R. tomonidan 20 ta na`matak butasi va 5 ta olcha daraxti noqonuniy kesilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Daraxtlar kesilishi natijasida tabiatga 9 mln 350 ming so`m zarar etkazilganligi aniqlandi. Shuningdek, P. R. 3 mln 400 ming so`m miqdorida jarimaga tortildi.
Huquqbuzar qilmishi uchun jami 12 million 750 ming so`m miqdorida tovon to`laydigan bo`ldi.