Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi, yong`in xavfsizligi va boshqa xavflar bo`yicha sinov ishlarini o`tkazish uchun Toshkent viloyatining Toshkent shahriga chegaradosh hududida poligon barpo etiladi.
Maqsadli dasturlar doirasida jami 1,5 mingta ijtimoiy soha va infratuzilma obektlari hamda 80 ming xonadonli ko`p qavatli uylar foydalanishga topshiriladi.
Shuningdek, 45 ta “Yangi O`zbekiston” massivlarida 635 ta ko`p qavatli uylar quriladi.
Kompetensiyani rivojlantirish institutida 10 ta soha yo`nalishlari bo`yicha 8 ming nafarga yaqin mutaxassislar faoliyatini sertifikatlash uchun o`quv mashg`ulotlari o`tkaziladi.
Hududlardagi 3 863 ta ko`p qavatli uyda ta`mirlash ishlari olib boriladi. Xususan, 1 002 ta uyning tom qismi, 2 464 ta kirish yo`laklari, 1 635 ta uyning erto`la qismidagi muhandislik tizimlari, 413 ta uyning ichki muhandislik tarmoqlari, 865 ta uyning fasad qismi, 2 538 ta elektr shitlari ta`mirlanadi va 523 ta lift yangilanadi. Investisiya dasturi doirasida 9 ta qozonxona va 79 km issiqlik tarmoqlarida qurilish-rekonstruksiya ishlari bajariladi. Natijada hududlardagi 475 ta ko`p qavatli uylar va 41 ta ijtimoiy soha obektlariniing issiqlik ta`minoti yaxshilanadi.
Andijon, Jizzax va Farg`ona shaharlaridagi 3 ta “Yangi O`zbekiston” massivida 10 ming xonadonli 165 ta ko`p qavatli uylarni ko`mir yoqilg`ili issiqlik qozonxonalari orqali isitish yo`lga qo`yiladi.
Sohani raqamlashtirish darajasini oshirish maqsadida, issiqlik ta`minoti sohasiga billing tizimi joriy qilinadi, shuningdek, “Shaharsozlik geoaxborot tizimi” va “Mening hududim” elektron platformasi hamda Instrumental-texnik tekshiruv va Muhandislik-geologik tadqiqotlar natijalari bo`yicha yagona reestrlar ishga tushiriladi.






