AsosiyJamiyat

Prezident Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo`yildi

'Prezident Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo`yildi'ning rasmi

“O`zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo`llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to`g`risida”gi Prezident Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo`yildi.

Davlat dasturi loyihasida “O`zbekiston – 2030” strategiyasining 5 ta yo`nalishi kesimida 2024 yil uchun amaliy chora-tadbirlar (295 ta) va normativ-huquqiy hujjatlar (117 ta) ro`yxatlari belgilanmoqda.

Loyihada, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

 2024 yil 1 martdan mahalla, ta`lim muassasalari, korxona va tashkilotlar tizimida mukofot jamg`armasi 600 million so`m miqdorida xorijiy tillar (“Ibrat farzandlari”) musobaqasi, kibersport va “Zakovat” intellektual o`yinlari tashkil etiladi;

  • oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yo`naltiriladi;
  • 2024 yil 1 maydan fuqarolar va tadbirkorlik sub`ektlari uchun majburiy to`lovlar va yig`imlarni faqatgina qonunda belgilash amaliyoti kiritiladi.

 

Ushbu havola orqali loyiha muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/93447

 

    Boshqa yangiliklar