Amerikalik milliarder Ilon Mask ilk bor odam miyasiga chip o`rnatilgani haqida e`lon qildi.
“Kecha birinchi odam Neuralinkdan implant oldi va yaxshi tiklanmoqda. Dastlabki natijalar neyron tirqishlarining istiqbolli aniqlanishini ko`rsatmoqda”, — deb yozdi Mask ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida.
Neuralinkning birinchi mahsuloti Telepathy deb nomlani, u orqali fikrni telefon, kompyuter kabi istalgan qurilmani boshqarish mumkinligi ta`kidlanmoqda.
Chip oyoq-qo`llari shol odamlar foylanishiga moslashtirilgan.
Neuralink 2023 yil may oyida AQSh oziq-ovqat va farmasevtika idorasidan (FDA) miya chipi loyihasini sinovdan o`tkazishga ruxsat olganini e`lon qilgan edi.
Mask va muhandislar jamoasi tomonidan 2016 yilda asos solingan Neuralink kompaniyasi miya va orqa miya jarohatlari oqibatlarini bartaraf etishga va nogironlarning hayotini yaxshilashga yordam beradigan chipni ishlab chiqmoqda.






