AsosiyJamiyat

Shahrisabzdagi qishloqda 5 kundan buyon yog`ayotgan qor qariyb 1 metrga etdi

'Shahrisabzdagi qishloqda 5 kundan buyon yog`ayotgan qor qariyb 1 metrga etdi'ning rasmi

Shahrisabz tumanidagi «Ko`l» qishlog`ida qor qalinligi 90 santimetrgacha etdi. Bu haqda Shahrisabz tumani hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, tog`li "Ko`l" MFYda 5 kunki, qishloqda qor yog`yapti. Yo`l chetlari va qatnov yo`q joylarda qorning qalinligi 90 santimetrgacha etgan.

"Bu vaziyat aholining turmush-tarziga salbiy ta`sir etayotgani yo`q. Tuman hokimligining tashabbusi bilan aholining ehtiyojlari o`rganilib, etarli miqdorda arzonlashtirilgan ko`mir yoqilg`isi etkazib berilgan. Ijtimoiy soha ob`ektlari ham barqaror ishlamoqda. Qolaversa, tuman hokimligi tomonidan yoqilg`i zahirasi shakllantirilib, qishloq aholisi tuman markazidan uzilib qolmasligi uchun yo`llar maxsus texnikalar yordamida muntazam qordan tozalanmoqda", - deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar