"O`zgidromet" fevral oyida kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, fevral oyi odatdagidan biroz iliqroq bo`ladi. O`rtacha oylik havo harorati me`yor atrofida bo`lishi kutilmoqda, ba`zi joylarda me`yordan 1-1,5 darajaga yuqori bo`lib, 2-4 daraja iliqni, shimolda 2 daraja sovuq -1 daraja iliqni, janubda 6-8 daraja iliqni tashkil etadi.
Fevral oyining boshi nisbatan sovuq bo`ladi. Birinchi besh kunlikda havo harorati asosan kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7° iliq, ba`zi joylarda 0-2° sovuqqacha bo`ladi.
Yomg`ir va qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik 1 fevral va 4 fevral kunlari respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 3 fevralda janubiy viloyatlarida bo`lib o`tadi.
Ikkinchi besh kunlikda harorat kechalari 0-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 8- 13 daraja iliqqacha ko`tariladi. 7-8 fevral kunlari asosan yomg`ir ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`lishi mumkin.
Keyinchalik, oyning oxirigacha, harorat kechasi 2-7 daraja iliqdan 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqdan 2-7 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 0-5 jaraja iliqdan 7-12 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 11-16 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o`zgarib turadi.
Fevral oyida yog`ingarchilik miqdori me`yordan kam, ba`zi joylarda me`yor atrofida bo`lishi kutilmoqda.






