AsosiyDunyo

Bortida 74 kishi bo`lgan Rossiya samolyoti havo mudofaa tizimi yordamida urib tushirilgani aytilmoqda

'Bortida 74 kishi bo`lgan Rossiya samolyoti havo mudofaa tizimi yordamida urib tushirilgani aytilmoqda'ning rasmi

24 yanvar kuni Rossiya Federasiyasining Belgorod viloyatida Rossiya harbiy-transport samolyoti Il-76 halokatga uchragan edi.

Bortida 74 kishi bo`lgan samolyot G`arbiy Patriot zenit-raketa majmuasi yordamida urib tushirilgan. Bu haqda huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

“Patriot havo hujumidan mudofaa tizimidan foydalanilgan bo`lishi mumkin. Tekshiruv davom etmoqda”, degan agentlik suhbatdoshi.

Samolyot bortida bo`lgan olti nafar ekipaj a`zosi, 65 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi va ularga hamrohlik qilayotgan uch nafar rossiyalik harbiy xizmatchi halok bo`lgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy avvalroq Kiev Rossiya harbiy-transport samolyotining Belgorod yaqinida qulashi bo`yicha xalqaro tergov o`tkazilishini talab qilgan edi.

Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi urib tushirilgan Rossiya samolyoti bortida kim bo`lgani haqida hozircha ishonchli ma`lumot yo`qligini ma`lum qilgan.

 

    Boshqa yangiliklar