Surxondaryoda sodir bo`lgan YTHda bir oilaning 4 nafar a`zosi vafot etdi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, kecha, 31 yanvar kuni soat 20:29larda “Sho`rchi-Elbayon” temir yo`l bekatlari oralig`ida joylashgan qo`riqlanmaydigan temir yo`l kesishmasida, Surxondaryo viloyati, Qumqo`rg`on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan N. B. boshqaruvida bo`lgan, oq rangli, “Jentra” avtomashinasidan o`tayotgan vaqtida o`zining extiyotsizligi oqibatida “Sariosiyo-Toshkent” yo`lovchi poezdi urib yuborgan.
Natijada ushbu avtomashinada yo`lovchi sifatida ketayotgan B.M.Nazarovning oila a`zolari— onasi, turmush o`rotog`i, 2 nafar qizi va o`g`li voqea joyida vafot etgan. Haydovchining o`zi va yana bir o`g`li esa turli tan jarohatlari olib, Sho`rchi markaziy shifoxonasida yotqizilgan.






