AsosiyJamiyat

"1 yilda ishlatiladigan Ai-80 benzindan voz kechilsa, bu respublika miqyosiada 17 ming tonna uglerod oksidi emissiyalari kamayishiga olib keladi"

'"1 yilda ishlatiladigan Ai-80 benzindan voz kechilsa, bu respublika miqyosiada 17 ming tonna uglerod oksidi emissiyalari kamayishiga olib keladi"'ning rasmi

Ai-80 markali benzindan voz kechish nafaqat texnikaning ishlash davriyligini cho`zadi, balki atrof-muhitga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Bu haqda "O`zbekneftgaz" AJ boshqaruv kengashi raisi o`rinbosari Odil Temirov ma`lum qildi. 

Ai-80 markali benzindan butunlay voz kechish yo`nalishida 3 yildan buyon ish olib borilyapti. Hozirda Xitoy kompaniyasi bilan Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizasiya qilish boshlangan.

Ayni vaqtda butun dunyoda ekologik nuqtai nazardan Evro-5, Evro-6 talablariga mos keladigan Ai-92 va undan yuqori benzin turiga o`tilgan. Evro-2 ekologik talablariga muvofiq ishlab chiqarilayotgan Ai-80 avtobenzin yonganda ajralib chiqadigan emissiya normalari, jumladan uglerod oksidi yoki is gazining me`yori avtotransport bosib o`tadigan 1 kilometr masofa uchun zarar miqdori 2,2 gramm, azot oksidi esa 0,5 grammni tashkil etadi.

Hisob-kitoblarimizga ko`ra, 1 yilda ishlatiladigan Ai-80 benzindan voz kechilsa, bu respublika miqyosida 17 ming tonna uglerod oksidi emissiyalari kamayishiga olib keladi", * dedi mutaxassis.

 

 

    Boshqa yangiliklar