Kuni kecha, termizlik erkak tomonidan farzandini urib, shafqatsiz munosabatda bo`layotganligi haqida xabar bergan edik.
Erkak 4 yoshli o`g`lini har kuni do`konga olib borishini va turli xil shirinlik va o`yinchoqlar olib berishini so`raganligi uchun qo`pol so`zlar bilan haqorat qilib, engil tan jarohati etkazgan edi.
Mazkur holat yuzasidan Ma`muriy javobgarlik tug`risidagi kodeksining 41 (Haqorat qilish) va 59-2 (Oilaviy (maishiy) zo`ravonlik) moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilishi va to`plangan hujjatlar sudga yuborilishi ta`minlangandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, JIB Termiz shahar sudi qarori bilan 43 yoshli ota MJtKning 41-moddasi (haqorat qilish) va 59-2-moddasi (oilaviy (maishiy) zo`ravonlik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan. Unga nisbatan MJtKning 34-moddasiga (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma`muriy jazo qo`llanish) asosan 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.






