AsosiyJamiyat

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlash tartibi belgilandi

'Tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlash tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Tadbirkorlik sub`ektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Huquqiy axborot xabar bermoqda. 

 Prezidentning tegishli qarori bilan 2024 yil 1 fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va rag`batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik sub`ektlarining barqarorlik reytingi joriy etilgan.
 Nizomga ko`ra, reyting Soliq qo`mitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingni” elektron platformasida onlayn shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e`lon qilib boriladi.
Tadbirkorlar faoliyatini baholash ko`rsatkichlari bo`yicha umumiy ball baholash vaqtida amalda bo`lgan ko`rsatkichlar soni va ularga berilgan ballar yig`indisidan kelib chiqib belgilanadi. 

 Ma`lumotlar soliq to`lovchining shaxsiy kabinetida real vaqt rejimida aks ettiriladi.

 Reying ma`lumotlari bo`yicha e`tirozlar bo`lsa, Soliq qo`mitasiga murojaat qilinadi.

 Shunga ko`ra, bildirilgan e`tirozlar 1 ish kuni davomida ko`rib chiqiladi.

 Savdo-sanoat palatasi reyting ma`lumotlarini hamda kelib tushayotgan murojaatlarga tezkor javob berilishini monitoring qilib boradi.

Nizom faqat yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar