Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar formasidagi mast erkak videosi tarqaldi.
Viloyat IIB matbuot kotibi vaziyatga oydindik kiritdi.
Bildirishicha, Qo`shrabod tumani IIB profilaktika inspektori lavozimida xizmat qilgan (IIOga xizmatga 2023 yil 20 noyabrda qabul qilingan) katta serjant Z.S. xizmat kiyimida spirtli ichimlik iste`mol qilgani hamda ichki ishlar organlari xodimi sha`niga putur etkazuvchi harakatlari uchun ichki ishlar organlari xodimlari safidan bo`shatildi.
Hozirda ushbu holatni kelib chiqishiga yo`l qo`ygan rahbar xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.






