AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda tadbirkorga 900 mln so`mlik qurilish ob`ektini olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

'Qoraqalpog`istonda tadbirkorga 900 mln so`mlik qurilish ob`ektini olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.R. “N.Q.” MChJ rahbari A.N.ning ishonchiga kirib, unga 72 mln so`m evaziga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yodamida Nukus shahri hududidan 900 mln so`mlik qurilish ob`ektini olib berishini aytib, oldindan 20 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar