“Nodavlat umumiy o`rta ta`lim tashkilotlari tarmog`ini kengaytirish va ushbu jarayonga tadbirkorlik sub`ektlarini jalb qilish imkoniyatlarini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ-49-son, 31.01.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga ko`ra, 2025 yil 1 yanvardan:
- nodavlat umumiy o`rta ta`lim tashkilotlari faoliyatini yo`lga qo`yish uchun tijorat banklarining o`z mablag`lari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so`mgacha bo`lgan kreditlar bo`yicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko`p bo`lmagan qismini qoplash uchun kompensasiya taqdim etiladi;
- nodavlat umumiy o`rta ta`lim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki o`zining bino va inshootlarida umumiy o`rta ta`lim faoliyatini yo`lga qo`ygan tadbirkorlik sub`ektlariga 5 yil muddatga ushbu ta`lim tashkilotlari faoliyati bilan bog`liq bo`lgan kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;
2030 yil 1 yanvargacha yuridik shaxslarga o`z mablag`lari hisobidan nodavlat umumiy o`rta ta`lim tashkilotlari binolarini qurish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlarning foyda solig`ini hisoblashda 2 yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.
Shuningdek yangi nodavlat umumiy o`rta ta`lim tashkilotlari faoliyatini yo`lga qo`yish va binolar qurish uchun joylardagi hokimliklar tomonidan har yili:
- 1 martgacha maqbul er uchastkalari aniqlanadi;
- 1 aprelgacha respublika bo`yicha umumiy maydoni 50 gektar er uchastkasidan kam bo`lmagan manzilli ro`yxat tasdiqlash uchun Hukumatga kiritiladi;
- 1 maygacha tasdiqlangan manzilli ro`yxatga asosan er uchastkalari “E-auksion” savdolariga mulk yoki ijara huquqi asosida chiqariladi.
Bunda, auksion savdolarida 3 oydan ortiq muddat sotilmay turgan er uchastkalari savdodan echilmasdan boshlang`ich narxini qadamma-qadam 50 foizgacha pasaytirish mexanizmini qo`llagan holda, takroriy auksion savdolariga chiqariladi.






