1

Osiyo Kubogi: Eron Yaponiya ustidan irodali g`alaba qozonib, yarim final yo`llanmasini qo`lga kiritdi

Sport 03.02.2024, 19:27
Osiyo Kubogi: Eron Yaponiya ustidan irodali g`alaba qozonib, yarim final yo`llanmasini qo`lga kiritdi

3 fevral kuni futbol bo`yicha Osiyo Kubogining chorak finaldan o`rin olgan Eron va Yaponiya o`rtasidagi bahs bo`lib o`tdi.

Uchrashuvning 28-daqiqasida Hidemasa Morita yaponlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo`limda esa eronliklar muvozanatni tikladi. 55-daqiqada Muhammad Mohebi ajoyib reyd bilan yurish qilib, darvozani ishg`ol qildi.

O`yin oxirida esa hakam Yaponiya darvozasi tomon penalti belgiladi. Alirizo Jahonbaxsh esa ushbu penaltini golga aylantirib, jamoasining yarim finalga chiqishini ta`minladi.

Eron yarim finalda Qatar — O`zbekiston o`yini g`olibiga qarshi bahs olib boradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1