AsosiySport

Mahmud Muradovning rossiyalik raqibiga qarshi jangida kutilmagan holat yuz berdi(video)

'Mahmud Muradovning rossiyalik raqibiga qarshi jangida kutilmagan holat yuz berdi(video)'ning rasmi

Muradov bugun rossiyalik Aliasxab Xizriev bilan jang qildi va ilk raundda ko`zidan jarohat olishi oqibatida jang o`tkazilmagan deb topildi.

Tez tibbiy yordam mashinasida ketayotgan Mahmud  hammasi joyida ekanini aytdi. 

"Faqat ko`zimda muammo bor. Uni ocha olmayapman. Hozir shifoxonaga ketyapmiz.

Alhamdulillah, demak, shunday bo`lishi kerak bo`lgan ekan. Men tayyor edim, ko`p mehnat qildim. 

Barchangizga qo`llab-quvvatlov uchun rahmat aytmoqchiman. Hammasi yaxshi bo`ladi, Xudo xohlasa. Hozir shifoxonaga ketyapmiz, o`sha erda ko`zimga nima bo`lganini bilib olamiz. Afsuski, shunday bo`lishi kerak bo`lgan ekan", - dedi Mahmud Muradov.

    Boshqa yangiliklar