AsosiySport

Ot sporti bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Sharja shahrida oltin medalni qo`lga kiritdi

'Ot sporti bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Sharja shahrida oltin medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Ot sportining konkur yo`nalishi bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Bekzod Qurbonov navbatdagi g`alabasini tantana qildi.

Milliy Olimpiya qo`mitasi ma`lumotiga ko`ra, hamyurtimiz BAAning Sharja shahrida o`tgan CSI2* tasnifidagi turnirda oltin medalni qo`lga kiritdi.

Yurtdoshimiz turnirda "Santos Hippica" laqabli tulpori bilan 135 sm balandlikdagi to`siqlardan sakrash dasturida eng yaxshi natijani qayd etdi.

Ikkinchi va uchinchi o`rinlar mos ravishda Germaniya hamda Falastin vakillariga nasib etdi.

    Boshqa yangiliklar