O`zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullaeva 15-noyabr kuni 55 yoshni qarshi oldi. Shun munosabat bilan poytaxtdagi restoranlardan birida Nasiba Abdullaevaning yaqinlari va hamkasblari jam bo`ldi.
Bayramda asosan ustoz san`atkorning oila a`zolari, qarindoshlari, yaqinlari va hamkasblari ishtirok etdi. Kechaga aktyorlar Yodgor Sa`diev, Gavhar Zokirova, xonandalar Samandar, Kaniza, Amira Alibekova, Botir Qodirov, Ziyoda va qiziqchi Obid Asomovlar tashrif buyurdi.
“Sayyod.com” tug`ilgan kundan reportajni taqdim etdi.

























