1. Kichik xayz ko`rishlar. Homiladorlikda yaqin orada xayz ko`rish mumkin emasligiga kafolat berilmaydi. Xayz kunlari boshlandi, demak bu safar ham homilador bo`lolmadim, deyishga shoshmang. Aslida, bunday kichik xayz ko`rishlar homiladorlikning ilk davrlarida bo`lishi mumkin. 5-10 kun davomida tuxum xujayralar bachadon devoriga yopishib o`rnashadi, ana shu jarayonda kichik xayz ko`rish holatlari kuzatiladi.
2. Teri rangining o`zgarishi. Kindik atrofi, ko`krak so`rg`ichi, yonoqlar to`qroq rangga kiradi. Homiladorlikning boshlang`ich davrida gormonlar o`zgarishi natijasida bu holat yuz beradi.
3. Bachadon bo`yinchasidagi sanchiqlar. Xuddi xayz ko`rish davridagi og`riqlarday sanchiqlar bo`lishi homiladorlik alomatlaridan biridir.
4. Jinsiy aloqaga moyillik susayishi. Birinchi 3 oylikda bu tabiiy va ko`p kuzatilgan holat.
5. Ko`rish qobilyatining ozroqhiralashuvi. Bu holat kamdan kam hollarda uchraydi.
6. Tushuntirib bo`lmas darajada kuchsizlik, holsizlik. Homilador ona organizmi yangi pallani boshidan kechirib, yangi hayot barpo etilishi yo`lida tinmay mehnat qilarkan bu ajablanarli emas.
7. Vazn esa umuman o`zgarmasligi mumkin.