Pokistonning Ravalpindi shahri sudi sobiq bosh vazir Imron Xon va uning rafiqasi Bushra Bibini ajrashganidan keyin tez to`y o`tkazgani uchun etti yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Sobiq amaldor uchun bu bir hafta ichida chiqarilgan uchinchi hukmdir, deb yozadi Deutsche Welle.
Sud qaroriga ko`ra, Xon va Bibi Qur`onda belgilangan «iddat» ni buzgan (ajralishdan keyin nikohsizlikning majburiy davri, bu muddat ichida ayol turmushga chiqa olmaydi).
Bibi 2017 yilning noyabrida ajrashgan va uch oy kutishga to`g`ri kelgan. Shunga qaramay, u 2018 yil fevral oyida Xonga turmushga chiqdi.
Xon mulladan to`yni fevral oyida, ajrashgandan keyin uch oy o`tganida yana o`tkazishni so`radi. Biroq, bu unga sudda aybsizligini isbotlashga yordam bermadi.
Imron Xon 2018 yildan 2022 yilgacha Pokiston bosh vaziri bo`lgan. U parlament deputatlari tomonidan ishonchsizlik votumi bilan lavozimidan chetlashtirildi. O`shandan beri sobiq bosh vazirga qarshi 50 dan ortiq jinoiy ish qo`zg`atilgan, jumladan, terrorchilik ishi. U avvalroq pul yuvishda ayblanib, 3 yilga, davlat sirlarini oshkor qilganlik uchun 10 yilga, korrupsiya ishi bo`yicha rafiqasi bilan birga 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.






