AsosiyShou-biznes

Shohruhxon rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olinayotgan filmda suratga tushadi

Bollivudning eng taniqli aktyorlaridan biri Shohruhxon rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olinayotgan “Viy-3” filmida suratga tushadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“ ‘Viy-3’ sifatida ham mashhur bo`lgan ‘Hindistonga sayohat: mangulik ostonasida’ filmi taniqli aktyor Shohruhxondek yangi hamkorga ega bo`ldi. Mazkur filmda u aktyor, prodyuser sifatida ishlaydi. Bundan tashqari, filmda aktyor Ranbir Kapur ham ishtirok etadi”,—deydi Petruxin Mumbay shahrida o`tkazilayotgan Hindiston kinosi kunlarida. 

Rus yozuvchisi Nikolay Gogolning shu nomdagi asari asosida suratga olingan rejissyor Oleg Stepchenkoning "Viy" filmi 2014 yilda Rossiyaning eng kassabop filmi bo`ldi. Film muvaffaqiyatidan so`ng ijodkorlar uning davomini suratga olishga qaror qildi. 

Hozirgi paytda ‘Viy-2. Xitoyga sayohat’ filmi ustida ish olib borilmoqda. Filmning uchinchi qismi voqealari Hindistonga ko`chadi.

Hindistonda bo`lib o`tayotgan Rossiya kinosi kunlari festivali 18 noyabrga qadar davom etadi.

Boshqa yangiliklar