Rossiyaning Volgograd shahrida 23 yoshli ayol plastik jarrohlik amaliyoti o`tkazilayotgan paytda vafot etdi. Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Volgogradda joylashgan tibbiy kosmetologiya klinikalaridan birida 16 noyabr kuni plastik jarrohlik o`tkazilayotgan paytda 23 yoshli ayol vafot etgan. Mazkur holat bo`yicha Jinoyat Kodeksining Ehtiyotsizlik sabab inson o`limiga sabab bo`lish va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko`rsatish moddalariga asosan jinoiy ish qo`zg`atilgan”,—deyiladi xabarda.
Ma`lumotlarga ko`ra, operasiya vaqtida mijozga turli dori vositalari jo`natilgan. Ulardan biri mijoz organizmiga qarshi ta`sir ko`rsatgan. Ayolda tomir tortishi kuzatildi. Birozdan so`ng uning ahvoli yaxshilangan, biroq jarroh tez tibbiy yordamga murojaat qilgan. Tez tibbiy yordam kelguniga qadar tomir tortishi takrorlangan. Shifokorlar tomonidan ayolning hayotini saqlab qolish yo`lida qilingan chora-tadbirlar naf keltirmadi, u operasiya stolida jon berdi.
Marhumning tanasi sud-tibbiy ekspertizasiga tekshirish uchun yuborilgan. Mutaxasislarning dastlabkim ma`lumotlariga ko`ra, ayol “anafilaktik shok” yoki “o`tkir yurak etishmovchiligi” oqibatida vafot etgan.