1

Parijda o`tkaziladigan yozgi Olimpiya o`yinlari medallari namoyish qilindi

Sport 09.02.2024, 21:27
Parijda o`tkaziladigan yozgi Olimpiya o`yinlari medallari namoyish qilindi

Parijda o`tkaziladigan yozgi Olimpiya o`yinlari medallari namoyish qilindi. Ular o`yinlarning eng orzu qilingan ob`ekti hamda Fransiya va Parijning rasmiy ramzi — Eyfel minorasini birlashtiradi. Har bir medal sohibiga medalning o`rtasiga o`rnatilgan Eyfel minorasining asl metalli bo`lagi beriladi.

Eslatib o`tamiz, shu kungacha o`zbekistonlik sportchilar Parijdagi o`yinlarga 17 ta yo`llanma qo`lga kiritgan. Ular orasida o`tgan o`yinlarda g`olib chiqqan Ulug`bek Rashitov, Bahodir Jalolov, Hasanboy Do`smatov ham bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1