AsosiyDunyo

Barnaullik ayol mushuk sotib olish uchun mashinasini sotib yubordi

Rossiyaning Barnaul shahrida yashovchi Inna Dombrovskaya kamyob turdagi mushuk bolasini sotib olish uchun mashinasini sotib yubordi.

Djinni laqabli Karaket egasiga million Rossiya rubliga tushdi($15,4 ming). Dombrovskayaning so`zlariga ko`ra, bunday mushuklar butun dunyoda 25 dona. Ularni ko`paytirish qiyin bo`lgani uchun juda qimmat turadi: ushbu nasldagi mushuklar karakal (cho`l silovsini) va abissin mushugining gibrididan iborat. Mushuk silovsinga o`xshaydi, faqat hajmi kichikroq.

Dombrovskayaning aytishicha, u 20 yildan ko`proq mushuklar bilan shug`ullanadi, u turli nasldagilarini boqqan, lekin doim yovvoyi hayvoni bo`lishini orzu qilgan. 

«Ushbu mushukni ko`rganimda o`zimni tutib tura olmadim. Erim ham istagimga tushundi. Biz mashinamizni sotib yuborib, mushukni sotib oldik», — deydi u. Erini ko`ndirish uchun ayol uch hafta sarfladi.

Boshqa yangiliklar