1

Suriyadagi terroristik tashkilot safida bo`lgan 24 yoshli jizzaxlik yigit qamoqqa olindi

Jinoyat 23.02.2024, 11:37
Suriyadagi terroristik tashkilot safida bo`lgan 24 yoshli jizzaxlik yigit qamoqqa olindi

Suriyadagi terroristik tashkilot safida bo`lgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi, deya xabar qildi “darakchi.uz”ga DXX matbuot xizmati.

2000 yilda Jizzax viloyatida tug`ilgan shaxs internet tarmog`i orqali Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti a`zosi bilan tanishib, ularning safiga borib qo`shilishni maqsad qiladi.

So`ngra virtual tanishining huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining e`tiboriga tushmaslik bo`yicha bergan ko`rsatmalari asosida, 2023 yilning iyun oyida aviachiptani aynan uchib ketish kuni qimmat narxda bo`lishiga qaramay, sotib olib, Istanbul shahriga jo`nab ketadi.

Turkiya orqali Suriyaga o`tgan jizzaxlik yigit “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti a`zolari safida g`oyaviy hamda harbiy tayyorgarlikdan o`tadi.

Ammo, Suriya hukumati kuchlari tomonidan amalga oshirilgan harbiy amaliyotlar natijasida jiddiy jarohat oladi.

Sog`ligi tiklanganidan keyin, u terroristik tashkilotning xo`jalik ishlariga jalb etiladi.

2023 yilning dekabr oyida davolanish uchun yashirin yo`llar bilan Suriyadan qo`shni davlatga o`tgan vaqtida qo`lga olingach, O`zbekistonga olib kelindi.

Hozirda unga nisbatan Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Jinoyat Kodeksining 155-2 (terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o`quvdan o`tish, chiqish yoki harakatlanish) va 244-2 (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) -moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1