1

Farg`onada uyushgan jinoiy tuzulmalarga aloqador shaxslar qo`lga olindi

Jinoyat 24.02.2024, 22:34
Farg`onada uyushgan jinoiy tuzulmalarga aloqador shaxslar qo`lga olindi

Farg`ona shahrida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikni jilovlash, uni oldini olish va barham berish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish hamda yo`l-transport hodisalarini oldini olish borasida maxsus profilaktik va tezkor-qidiruv tadbirlari o`tkazilmoqda.

Viloyat IIB hamda DXX tezkor xodimlari tomonidan o`tkazilgan ana shunday tadbirlarda, 35 nafar uyushgan jinoiy tuzilmalarga aloqador shaxslarning yashash va boshqa manzillarida tezkor qidiruv tadbirlar o`tkazilib, ularning 19 nafaridan 3,81 gramm gashish, 10 dona pichoq, 3 dona xanjar, 2 dona niqob, 1 dona kastet kabi noqonuniy buyum va ashyolar olindi.

15 ta jinoyat va 24 ta ma`muriy huquqbuzarliklarga barham berildi.

Qayd etilishicha, Farg`ona shahar hududida o`tkazilayotgan tezkor tadbirlar davomida 397 ta ma`muriy huquqbuzarliklar aniqlandi. 

Tadbirlar doirasida 320 nafar alohida toifadagi shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o`tkazildi. 397 ta ma`muriy huquqbuzarliklar aniqlandi.

Jumladan mayda bezorilik 59 ta, sovuq qurol saqlash 12 ta, ichkilikbozlik 72 ta, farzandini nazoratsizligi 18 ta va boshqalar.

78 nafar shaxslar esa, ma`muriy qamoqqa olindi. 103 nafar shaxslar profilaktik hisobga qo`yildi.

Profilaktik tadbirlar doirasida 159 nafar jinoyat sodir etishga moyil shaxslar aniqlanib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1