AsosiyDunyo
1778

Qozog`istonda o`quvchilarga darsda telefondan foydalanish taqiqlandi

'Qozog`istonda o`quvchilarga darsda telefondan foydalanish taqiqlandi'ning rasmi

Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev “Qozog`iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ta`lim, tarbiya va bolalar xavfsizligi masalalari bo`yicha o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonunni imzoladi. Ushbu tuzatishlar, jumladan, maktab o`quvchilarining dars vaqtida uyali telefonlardan foydalanishini cheklaydi, deb yozdi Orda.kz.

Qonunda o`quvchilar telefondan faqat dars vaqtida foydalana olmasligi belgilab qo`yilgan. Bolalar hali ham smartfonlarni maktabga olib kelishlari va ulardan dars vaqtidan tashqari (masalan, tanaffus vaqtida) foydalanishlari mumkin bo`ladi.

Qonunda bolalar bilan sodir bo`lgan baxtsiz hodisalarning oldini olishi kerak bo`lgan derazalarga maxsus qulflash mexanizmlarini majburiy o`rnatish kabi boshqa yangiliklar ham nazarda tutilgan.

Senat deputatlari fevral oyi boshida maktablarda uyali telefonlardan foydalanishni cheklovchi qonun loyihasini ma`qullagan edi. Sobiq ta`lim va fan vaziri Asxat Ayagambetovning tushuntirishicha, ba`zi hollarda o`qituvchilar bolalarga ta`lim maqsadida smartfonlardan foydalanishga ruxsat berishlari mumkin – cheklovlar maktab o`quvchilarining ijtimoiy tarmoqlar, birinchi navbatda TikTok orqali dars vaqtida chalg`imasligini ta`minlashga qaratilgan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar