1

Bekobodda kambag`allikni qisqartirish va bandlikka ko`maklashish mas`ullariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 26.02.2024, 15:45
Bekobodda kambag`allikni qisqartirish va  bandlikka ko`maklashish mas`ullariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Bekobod tumanida qonunbuzilishi holati aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati darakchi.uz'ga xabar berdi.

Xususan, Toshkent viloyati Bekobod tumani Kambag`allikni qisqartirish va bandlikka ko`maklashish bo`limi boshlig`i N.J. va bosh hisobchisi E.O`.lar tikuvchilikka ixtisoslashgan 3 ta MChJ rahbarlari bilan o`zaro til biriktirib, 2023 yilning oktyabr-dekabr oylarida Bekobod tumanida yashovchi 116 nafar fuqaroga go`yoki kasanachilik faoliyatida zarur bo`ladigan asbob-uskunalar etkazib berilganligi to`g`risida rasmiy hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritish yo`li bilan 950 mln. 570 ming so`m pul mablag`ini talon-toroj qilishgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1