Yanvar oyida yig`ilgan keshbek summalari tasdiqlandi, deya qilmoqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o`tkazib olish mumkin.
Tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.
Iste`molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (20 400 000 so`m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (204 000 so`m) olishi mumkin.






