Toshkent viloyati Nurafshon shahrida o`tkazilmagan sudni bo`lib o`tdi, deb rasmiylashtirgan sudyaga chora ko`rildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Nurafshon tumanlararo ma`muriy sudining sudyasi o`tkazilmagan sud majlisini go`yoki bo`lib o`tgan, deb qayd etib, tegishli sud hujjatini qabul qilgan.
Mazkur holat yuzasidan o`z vaqtida xizmat tekshiruvi o`tkazilib, Toshkent viloyati sudlari sudyalari malaka hay`ati qarori bilan unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo`llanilgan.
Munosabatda hodisa qachon bo`lgani, qanday hujjat qabul qilingani, sudyaning ismi-sharifi va unga nisbatan qo`llanilgan jazo turi aytilmagan.
"Mazkur qarordan norozi taraf Sudyalar oliy malaka hay`ati va Sudyalar oliy kengashiga shikoyat qilish huquqiga ega. Shikoyat belgilangan tartibda ko`rib chiqiladi", deyiladi xabarda.






