1

Shifobaxsh murabbolar

Salomatlik 21.11.2016, 10:23
Teglar: Salomatlik
Shifobaxsh murabbolar

Yozda tayyoralanadigan turli murabbolar sovuq mavsumda tanga rohat beribgina qolmay, shifobaxsh xususiyatlari bilan ham quvontiradi.

Malina

Bu mevadan tayyorlanadigan murabbo va sharbatlar shamollash, tumov, angina, ich ketishi, qorin sohasidagi og`riqlarda foydali. Malina sharbatini ovqatdan so`ng qabul qilish organizmni foydali moddalar bilan to`yintirib, immunitetni oshiradi.

Mumkin emas: allergik toshmalarga moyilligi borlarga, oshqozon yarasi xuruj qilganda, jigar faoliyati buzilishlarida.

Qorag`at (smorodina)

Qorag`at murabbosi, djemi va kompoti surunkali shamollash, gastrit, holsizlikda foydali, bolalarning immunitetini oshiradi, kattalarga quvvat beradi, peshob haydovchi vosita sifatida foydalaniladi. Bronxit, laringit va yo`talda qorag`at sharbatini asal bilan aralashtirib qabul qilish tavsiya etiladi.

Mumkin emas: oshqozon yarasi, o`tkir gastritda.

Chakanda (oblepixa)

Immunitetni oshiradi, kamqonlik, qorin va ichaklardagi muammolarni bartaraf etadi, shamollashga qarshi profilaktika vositasi. Tish va milklarni mustahkamlash, og`iz bo`shlig`idagi shamollash holatlarida ham chakanda murabbosidan tayyorlanagan choy va damlamalar foydali.

Mumkin emas: o`tkir xolesistitda va kichik yoshdagi bolalarga.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1