AsosiyJamiyat

O`zbekistonda rasman Ramazon oyining boshlanishi 11 mart kuni deb belgilandi

'O`zbekistonda rasman Ramazon oyining boshlanishi 11 mart kuni deb belgilandi'ning rasmi

Prezident "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risida"gi qarorni imzoladi.

Unga ko`ra, xalqimiz uchun ezgulik, birdamlik, olijanoblik va shukronalik timsoli bo`lgan qutlug` Ramazon oyini munosib kutib olish va yuqori saviyada o`tkazish, diniy-ma`rifiy, madaniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug`lash maqsadida:

  • 2024 yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 11 mart kuniga to`g`ri kelishi haqidagi O`zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma`lumot uchun qabul qilinsin.
  • Muruvvat, ahillik va hamjihatlikni ulug`lovchi ushbu fazilatli oyda kam ta`minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat va o`zaro hurmat muhitini mustahkamlash, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida e`tibor berilsin.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vaziri A.Aripov va Prezidentning maslahatchisi M.Kamilov zimmasiga yuklatildi.

    Boshqa yangiliklar