1

Lola: “ Hamma ‘Bilmaysan’ sobiq turmush o`rtog`imga atalgan deb o`yladi...”

Shou-biznes 21.11.2016, 12:44
Teglar: Xonanda, Musiqa, Klip, Shou-biznes, Lola Yo`ldosheva, Oila
Lola: “ Hamma ‘Bilmaysan’ sobiq turmush o`rtog`imga atalgan deb o`yladi...”

Xonanda Lola o`zining yangi “Bilmaysan” deb nomlangan taronasi kimga atalgani haqida so`zlab berdi. 

Xonanda “MY5” telekanalida namoyish etilgan “19.09” ko`rsatuvida ishtirok etdi va ko`rsatuv muallifi Baxtiyor To`raxonovning qiziqarli savollariga javob berdi.

Lola “Bilmaysan” qo`shig`ining yaratilishi haqida shunday deydi:

—Bilasizmi, “Bilmaysan” kimga atalgani ko`pchilikni qiziqtirdi. Ko`pchilik bu qo`shiqni sobiq turmush o`rtog`imga atalganini taxmin qildi. Biroq bunday emas. Men unga atab qo`shiq kuylamayman.  U uzoq o`tmishda qolgan. Hozir esa mening o`z yo`lim va o`z hayotim bor, men baxtliman. Men bu qo`shiqni tashlab ketilgan va xiyonatga duchor bo`lsa-da, hali hamon o`sha insonni sevishda davom etayotgan ayollarning qalb iztirobini his etgan holda kuyladim. 

Lolaning “Bilmaysan” qo`shig`i muxlislar e`tiboriga 7 noyabr kuni taqdim etilgan edi. 

Ma`lumot uchun, bugun “Istiqlol” san`at saroyida Lolaning uch kunlik konsert dasturiga start beriladi. “Darakchi.uz” jamoasi ham konsertda mehmon bo`ladi. Konsertdan reportajni saytimizda o`qishingiz mumkin bo`ladi.

Sharhlar

Afg`onistonda to`yda musiqa qo`yilgani uchun 13 kishi otib tashlandi

31.10.2021, 17:48

Afg`onistonning Nangahor viloyatida musiqa tinglayotgan to`y mehmonlariga qarataga hujum uyushtirgan. Bu haqda Vesti xabar berdi. Qayd etilishicha, o`zini “Tolibon” harakati vakili sifatida tanishtirgan noma`lum qurollangan jangarilar...
O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Mashhur xonanda 61 yoshida vafot etdi

10.12.2019, 20:06

 Taniqli shved guruhi — «Roxette» solisti Mari Fredriksson 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shvesiya OAVlariga asoslanib xabar berildi.Dagens Nyheter nashrining yozishicha, xonanda uzoq yillar davomida saraton xastaligiga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1