4 yil muqaddam avariya sabab qo`llaridan ayrilgan hindistonlik erkakda qo`l transplantasiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqida Zamon.uz xabar bermoqda.
Mahalliy nashrlarning yozishicha, shifokorlar ushbu bemorda qo`l ko`chirish operasiyasini sinov tariqasida o`tkazib ko`rmoqchi bo`lishgan. O`limidan so`ng donorlikka rozilik bergan bir ayolning qo`llari unga ko`chirilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, 2020 yilning oktyabr oyida 45 yoshli Raj Kumar velosipedda Nangloy shahridagi temiryo`l relslarini kesib o`tayotganda boshqaruvni yo`qotib qo`yadi va ikkala qo`lini poezd bosib ketadi. Kumar protezdan foydalangan, ammo uning protez sinovi muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Shifokorlarning so`zlariga ko`ra, Raj Kumar operasiyadan keyin olti hafta ichida tuzalib ketdi va uning hozirgi ahvoli ancha qoniqarli.






