1

Los-Anjelesda 96-Oskar mukofotini topshirish marosimi bo`lib o`tdi

Madaniyat 11.03.2024, 10:15
Los-Anjelesda 96-Oskar mukofotini topshirish marosimi bo`lib o`tdi

Kristofer Nolanning "Oppenhaymer" filmi Oskarning 7 ta nominasiyasida g`olib bo`ldi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar qilmoqda.

Los-Anjelesda 96-Oskar mukofotini topshirish marosimi bo`lib o`tdi. "Oppenhaymer" bu nufuzli marosimda yilning "Eng yaxshi film"i deb topildi. Film birinchi atom bombasi yaratuvchisi haqida bo`lib, o`tgan yil kino-prokatga chiqarildi va 950 million dollardan ko`proq daromad olib keldi.

Quyida asosiy nominasiyalar ro`yxati keltirilgan:

Eng yaxshi film:

"Oppenhaymer"

Eng yaxshi rejissyor:

Kristofer Nolan – "Oppenhaymer"

Eng yaxshi aktyor:

Killian Myorfi – "Oppenhaymer"

Eng yaxshi aktrisa:

Emma Stoun – "Kambag`allar-baxtsizlar"

Ikkinchi darajadagi eng yaxshi aktyor:

Robert Dauni – "Oppenhaymer"

Ikkinchi darajali eng yaxshi aktrisa:

Davan Joy Randolf – "Qolganlar"

Eng yaxshi ssenariy:

Justine Trie, Artur Arari – "Qulash anatomiyasi"

Eng yaxshi saundtrek:

Lyudvig Goransson – "Oppenhaymer"

Eng yaxshi operator:

Xoyte Van Xoytema – "Oppenhaymer"

Eng yaxshi montaj ishi:

"Oppenhaymer"

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1