1

Farhod Bekmurodov O`FA tomonidan jazolanishi mumkin (video)

Sport 11.03.2024, 16:54
Farhod Bekmurodov O`FA tomonidan jazolanishi mumkin (video)

Liga o`zi ro`yxatdan o`tkazayotgan barcha futbolchilarni mard va halol bo`lishga chaqiradi. 2024 yildan boshlab halollik va mardlikka ters bo`lgan har qanday xatti-harakat Liga tomonidan ta`qib etiladi.

Superliga 2-turi doirasida bo`lib o`tgan "Andijon" — "Bunyodkor" uchrashuvining 32-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Usmonali Ismonaliev beo`xshov hazili uchun haqli ravishda maydondan chetlatildi. Liga mazkur holatda bosh hakam tomonidan chiqarilgan qarorni qo`llab-quvvatlaydi.

O`sha daqiqada mezbonlar futbolchisi Farhod Bekmurodov Ismonalievni tepki egan Muhammadkarim Toirovni ayyorlik ishlatmaganlikda koyib, uni erga yotishga majbur qildi.

Keyin esa jamoadoshiga nisbatan raqibning chetlatilayotgan futbolchisidanda beo`xshov harakatni amalga oshirdi. Liga bu holatni qattiq qoralaydi.

Ma`lumki, 2024 yildan boshlab uch holatda ogohlantirish olgan futbolchi jarimaga tortiladi. Mazkur holatlar ichida simulyasiya uchun olingan sariq kartochka ham muhim o`rin tutadi.

Garchi hakam Farhod Bekmurodovga sariq kartochka ko`rsatmagan bo`lsada, bu uni jazodan chetda qoldirmaydi. Liga sportchilarga xos bo`lmagan xatti-harakati uchun Bekmurodovni jazolash masalasini Tartib-intizom qo`mitasiga kiritadi.

Liga o`zi ro`yxatdan o`tkazayotgan barcha futbolchilarni mard va halol bo`lishga chaqiradi. 2024 yildan boshlab halollik va mardlikka ters bo`lgan har qanday xatti-harakat Liga tomonidan ta`qib etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1