AsosiyDunyo

Erondagi bayramda 26 kishi halok bo`ldi, 4 mingdan ortiq odam jarohatlandi

'Erondagi bayramda 26 kishi halok bo`ldi, 4 mingdan ortiq odam jarohatlandi'ning rasmi

Eronda Chaharshanbe-Suri olov festivalini nishonlash natijasida 26 kishi halok bo`ldi, 4360 kishi jarohatlandi. Bu haqda Eronning Mehr agentligi xabar berdi 

Eron favqulodda vaziyatlar xizmati rahbarining so`zlariga ko`ra, bayram kunlarida 1,4 mingga yaqin tez tibbiy yordam stansiyalari shay holatga keltirildi. Birgina Tehronning o`zida bir kunda yong`in xavfi haqida 1,8 ming qo`ng`iroq kelib tushdi, 2 nafar poytaxtlik halok bo`ldi. Asosan fuqarolar yong`in ustidan sakrash va pirotexnika vositalaridan noto`g`ri foydalanish oqibatida kuyishadi.

O`tgan yili ushbu bayramlar paytida 700 dan ortiq odam jarohatlangan va kamida 17 kishi halok bo`lgan.

Chaharshanbe-Suri - Eronda Yangi yil arafasidagi qadimiy olov bayrami - Navro`z (21 martda bo`lib o`tadi), u bahor kelishi va tabiatning qayta tug`ilishini anglatadi. Chaharshanbe-Suri kalendar yilining oxirgi chorshanbasiga o`tar kechasi nishonlanadi (Eronda chorshanba "chaharshanbe" deb talaffuz qilinadi), lekin bayramlarning o`zi ikki-uch hafta oldin boshlanadi. An`anaga ko`ra, eronliklar shirin va nordon yong`oqlarning maxsus aralashmasini iste`mol qiladilar va kechqurun ular ko`chalarda gulxan yoqadi va ular ustidan sakrab o`tadi. Zamonaviy bayram urf-odatlari uy-ro`zg`or pirotexnika vositalaridan foydalanishni o`z ichiga oladi.

    Boshqa yangiliklar