1

Uyqusizlikda qovoq sharbati yordam beradi

Salomatlik 21.11.2016, 16:20
Teglar: Mahsulot, Salomatlik
Uyqusizlikda qovoq sharbati yordam beradi

Bu poliz mahsulotining har bir qismida aloxida foydali xususiyat mavjud.

Qovoq urug`i - qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, yurak-qon tomir faoliyatini mustahkamlaydi hamda tarkibidagi D vitamini hisobiga suyaklarni mustahkam qilib, kalsiy moddasini singdirishga yordam beradi. Po`stlog`i – qovoq po`stida sink moddasi yuqori bo`lib, zamburug`lar ko`payishidan saqlovchi o`simlik oqsili ham bor. Shamollash, jigar faoliyati bilan bog`liq xastaliklar, uyqusizlik, qandli diabet, erkaklardagi prostata bezi kasalliklarida qovoqning foydasa beminnatdir.

Resept: Uyqusizlikda – yarim stakan qovoq sharbatiga 1 choy qoshiq asalni aralashtirib, uxlashdan avval qabul qilinadi. Bu sharbat ta`sirida uyqu xolati normallashib, mehnat layoqati ko`tariladi.

  • Buyrakda tosh yig`ilishida – yarim stakan yangi chiqarilgan qovoq sharbatini bir kunda 3 maxal ichiladi. Muolaja davomiyligi 10 kun.
  • Tetiklashtiruvchi sharbat - 1 litr suvga 100 gr shakar solib qaynatiladi. Qaynagan suvga 500 gr qirg`ichdan chiqarilgan qovoqni qo`shib, 5-10 daqiqa davomida qaynatilib,tindiriladi. Olovdan olgach 1 ta limon sharbatini aralashtirib, iliq holatda qabul qilinadi. Mazkur sharbatni ovqatdan so`ng iste`mol qilish xazm qilish jarayoniga ijobiy ta`sir etib, quvvatni oshiradi.

Kimlarga mumkin emas: qorin va ichak faoliyati bilan bog`liq muammolarda, diareyaga moyilligi borlar uchun qovoq va undan tayyorlanadigan sharbatlar tavsiya etilmaydi. 

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
​​Aholi salomatligi uchun mahsulotlar xavfsiz yoki zararli ekanligini ko`rsatuvchi belgilar bilan tamg`alanadi

11.11.2020, 21:22

"Aholining sog`lom ovqatlanishini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida" gi Prezident qarorida qayd etilishicha, oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida tuz, qand va yog` miqdori inson sog`lig`i uchun xavfsiz...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1