Nigeriyaning shariat hukmron shtati hisoblanuvchi Kanoda Islom polisiyasi ro`za tutmaganlarga qarshi reyd o`tkazdi. Bu haqida Zamon.uz xabar bermoqda.
Polisiya emakxonalarga kirib, u erda ovqatlanayotganlarni mahkamaga olib ketgan. Umumiy hisobda 11 kishi hibsga olingan va ular ro`za tutishlarini aytib qasam ichishganidan so`ng ozod qilingan.
Ma`lumot uchun, Kanoda Islom polisiyasi har yili Ramazon oyida bar va bozorlarda reyd o`tkazadi. Ular faqat musulmonlarga nisbatan shunday tadbir o`tkazadi, musulmon bo`lmaganlar bundan mustasno.






