“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi “Seltik” klubiga qarshi Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turida maydonga tushishga tayyor, deb xabar bermoqda "iSport.ua".
Argentinalik futbolchi sog`lig`idagi kichik muammo tufayli “Malaga”ga qarshi (0:0) Ispaniya chempionati 12-tur o`yinini o`tkazib yuborgandi.
Shunga qaramay, u kataloniyaliklarning so`nggi mashg`ulotida qatnashdi va bo`lajak o`yinga tayyor. Joriy mavsumda Messi barcha turnirlarda 14 o`yin o`tkazib, 16 ta gol kiritdi.