Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo`stonliq tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Depariament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, “T.S.” va “Ch.T.” oilaviy korxonasi rahbarlari “Do`stlik” hamda “Chimgan” MFY hududidagi tijorat maqsadida foydalanib kelgan dala hovlilarini o`zboshimchalik bilan elektr tarmog`iga to`g`ridan-to`g`ri ulab, jami 241,7 mln so`mlik elektr energiyasini o`g`irlaganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.