Rossiyada 31–59 yoshli erkaklar o`rtasida nogironlar ulushi keskin o`sdi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda.
2023 yilda shu yosh toifasidagi nogiron erkaklar soni 2,17 million kishini tashkil etib, so`nggi 8 yildagi rekord qayd etildi. Bu haqda "Vyorstka" nashri Pensiya va ijtimoiy sug`urtalash jamg`armasiga asoslanib xabar bergan.
2022 yilda 31–59 yoshlilar toifasida 1,67 million nafar nogiron ro`yxatga olingandi. Nashrning yozishicha, bir yil ichida bunday shaxslar safi 30 foizga kengaygan yoki 507 ming nafarga ko`paygan.
Demograf Aleksey Raksha "Vyorstka" bilan suhbatda nogiron erkaklar soni jangovar harakatlar qatnashchilari hisobiga ko`paygan, degan fikrni bildirdi.